Davlatimiz Rahbari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi e`lon qilinganidan so`ng mamlakatimizda loyiha doirasida daraxt va buta ko`chatlarini ekish ishlari kengayib bormoqda.
Ushbu jarayonga Bosh prokuratura ham o`zining munosib hissasini qo`shib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qator tadbirlarni o`tkazib kelmoqda.
Jumladan, bugun Bosh prokuror Nig`matilla Yo`ldoshev rahbarligida Bosh prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi Departament, MIB hamda ularning Toshkent viloyati qo`yi tizimlari xodimlari ishtirokida Qibray tumanida keng qamrovli obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Bir necha gektarli tashlandiq holatda bo`lgan er maydoni tekislanib, shudgor qilinib, mineral va organik o`g`itlar bilan oziqlantirilib, ushbu joyda bir necha ming mevali ko`chatlar ekildi.
Yangi barpo etilgan ushbu bog`dan foydalanish va daromad olishlari uchun er maydoni uyushmagan yoshlarga teng bo`lib berildi.
Prokuratura organlari tomonidan bunday tadbirlar boshqa hududlarda ham amalga oshirib kelinmoqda.






