Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Termiz shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish bo`limi boshlig`i o`rinbosari pora bilan qo`lga tushdi. Bu haqda Zamon.uz xabar bermoqda.
Xodim Termiz shaharda subsidiya to`lanadigan talabgorlarni tanlab olish bo`yicha komissiyasi mas`ul kotibligidan foydalanib, fuqaroga uy-joy olish maqsadida subsidiya ajratilishi uchun yakuniy xabarnoma berish evaziga 3 mln so`m pora talab qilib, muqaddam 1 mln so`mini olib, qolgan 2 mln so`mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






