"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to`zonlar kuzatilishi mumkin. Kunduzi havo 28-33° gacha isiydi.
Toshkentda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-32° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ham yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25° bo`ladi.






