"O`zgidromet" 11-14 aprelga ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra, Qoraqalpog`iston hamda Xorazmda havo o`zgarib turadi, 11 aprelda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 12-14 aprelda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 aprelda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to`zon bo`lishi kutilmoqda.
Harorat 11 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°; 12 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28°; 13 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 27-32°; 14 aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 27-32° bo`ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 aprelda ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, 11 aprelda ba`zi joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang to`zon bo`lishi kutilmoqda. Harorat 11 aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 25-30°; 12 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30°; 13 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 30-35°; 14 aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 30-35° bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 aprelda ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang to`zon bo`lishi kutilmoqda, Jizzax viloyatida ba`zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 24-29°; 12-13 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 24-29°; 14 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 26-31° bo`ladi.
QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 12 aprelda kechasi va ertalab ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 aprelda ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang to`zon bo`lishi kutilmoqda, Surxondaryo viloyatida ba`zi joylarda shamol tezligi 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 11 aprelda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33°; 12 aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 30-35°; 13-14 aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 32-37° bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 11-12 va 14 aprelda 27-32°, 13 aprelda 25-30° bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, 11-12 aprelda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 13-14 aprelda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-12 aprelda 8-13°, 13-14 aprelda 6-11°, kunduzi 20-25° bo`ladi.






