Hodisa oqibatida yo`lovchi shifoxonaga olib ketilgan.
Ijtimoiy tarmoqda ikkita avtomobil ishtirokida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgani eks etgan video tarqaldi.
Holat yuzasidan Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, 9 aprel kuni soat 12:10 larda, Toshkent viloyati, Angren shahar, Navoiy ko`chasida haydovchi, 1995 yilda tug`ilgan R.S. boshqaruvidagi "Cobalt" rusumli hamda haydovchi, 1993 yilda tug`ilgan X.T. boshqaruvida bo`lgan "Epica" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.
Natijada, "Cobalt" avtomobili yo`lovchisi, 1991 yilda tug`ilgan S.M. hamda "Epica" avtomobilida bo`lgan bir nafar yo`lovchi shifoxonaga olib ketilgan.
"Mazkur YTH yuzasidan Angren shahar IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda haydovchilardan yo`llarda belgilangan qoidalarga amal qilishlari so`ralib.






