Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabariga ko`ra, Bolgariyada turizm yo`nalishi bo`yicha mehmonxonada quyidagi ishlarga O`zbekiston fuqarolari ishga taklif etiladi:
- Ofisiant;
- uy tozalovchi.
Qayd etilishicha, ish haqi - 1000 lev (tahminan 557$).
- Turar joy va ovqatlanish ish beruvchi hisobidan;
- aviachipta xarajatlari Bolgariyaga borgandan so`ng ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.
Nomzodlarga qo`yiladigan talablar:
- 40 yoshgacha bo`lgan ayollar;
- maktab, lisey yoki kasb-hunar kollejini tamomlaganlik to`g`risidagi hujjat;
- rus tilida erkin muloqot qilish;
- sudlanmagan bo`lish.
Nomzodlar quyidagi havola orqali onlayn ro`yxatdan o`tishlari lozim.
"Ish beruvchi tomonidan berilgan bo`sh ish o`rlari soni chegaralangani sababli, nomzodlar 2022 yil 11 aprel soat 18:00 gacha ro`yxatga olinadi",-deyiladi xabarda.
Murojaat uchun: 712023355






