AsosiyJamiyat

Toshkentda harakatlanib ketayotgan "Mercedes-Benz” yonib ketdi  

'Toshkentda harakatlanib ketayotgan "Mercedes-Benz” yonib ketdi   'ning rasmi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko`ra, hodisa M.Ulug`bek tumani Mustaqillik shox ko`chasida sodir bo`lgan.

Shunga ko`ra, bugun soat 13:43da mazkur hududda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Qayd etilishicha, 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 13:49 da voqea joyiga etib borib, soat 13:52 da yongin bartaraf etilgan.

Yong`in natijasida avtomobilning motor va salon qismi yonib zaralangani aytiladi.  

Ma`lum qilinishicha, tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.

"Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar