AsosiyJamiyat

Yil oxirigacha Uzairways va UzAuto Motorsning IPOsi o`tkaziladi

'Yil oxirigacha Uzairways va UzAuto Motorsning IPOsi o`tkaziladi'ning rasmi

 Prezident farmoni bilan yil oxirigacha Uzairways va UzAuto Motorsning IPOsi o`tkaziladi. Bir qator boshqa davlat korxonalari xususiylashtirish boshlanishidan oldin transformasiyadan o`tishi kerak. 

Xususan:

  •  2022 yil 1 mayga qadar tajribali investisiya bankini jalb etib, 2022 yil yakuniga qadar “O`zbekneftgaz” AJning, shu jumladan, aksiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO) orqali kamida 49 foiz ulushini, shuningdek, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJdagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushini xususiylashtirish ishlari boshlanadi;

 

  •  2022 yil 1 sentyabrga qadar xalqaro konsalting kompaniyasi xulosalari asosida "O`zbekgidroenergo" AJni isloh qilish strategiyasi tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

 

Bunda, yangi kichik va o`rta gidroelektrostansiyalarni qurishda xususiy sektor ishtirokidagi, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosidagi loyihalarni amalga oshirishga ustuvorlik beriladi;

  •  2022 yil 1 sentyabrga qadar “Uzbekistan airways” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushining savdoga chiqarilishini, shu jumladan, aksiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO) ishlari boshlanadi;

 

  •  2022 yil 1 avgustga qadar xalqaro investisiya banki va konsultantlarni jalb etgan holda, “UzAuto Motors” AJ aksiyalar paketining 10 foizgacha qismini mahalliy fond bozorida ommaviy joylashtirsin (IPO) va bu korxonaning qolgan ulushini hamda “UzAuto Motors Powertrain” AJ, “Samarqand Avtomobil zavodi” MChJni strategik investorlarga sotish strategiyasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

    Boshqa yangiliklar