️2022 yil 9 aprel kuni soat 16:50 larda, Uchtepa tumanida joylashgan “Nazarbek” blok-postida Toshkent viloyati hududidan poytaxtga piyoda holda harakatlanib kelayotgan fuqaro 1977 yilda tug`ilgan A.K. o`zining ko`rinishi va xatti-harakatlari bilan YPX inspektorlarida shubha uyg`otgan. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Tekshiruvlar mobaynida fuqaro A.K.ning yonidan oq qog`ozga o`ralgan, jigar rangli, o`tkir hidli, quritilgan o`simlik moddasi topilib, xolis va guvohlar ishtirokida olingan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli xujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro A.K. va aniqlangan modda Uchtepa tumani IIOFMBga olib borib topshirilgan.
Tekshiruvlar davom etmoqda...






