AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

'Bugun O`zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to`zonlar kuzatilishi, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo  viloyatlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo 24-29° gacha isiydi.

Shuningdek, Toshkentda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-28° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkinligi aytilmoqda. Qayd etilishicha, shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq vaqtida kuchayishi mumkin.(17-22 m/s gacha) Harorat 20-25° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar