Viloyat IIB axborot xizmati sodir bo`lgan hodisa yuzasidan ma`lumot bermoqda.
Qayd etilishicha, 2022 yil 28 mart kuni soat 17:45 larda, Chust tumani Mustaqillik mahallasida 1987 yilda tug`ilgan fuqaro "Spark" rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, o`ziga nisbatan ikkinchi darajali yo`ldan harakatlanib chiqqan 1990 yilda tug`ilgan ayol boshqaruvidagi "Damas" rusumli avtomashina bilan to`qnashgan.
Natijada, "Spark" rusumli avtomashina haydovchisi o`ng qo`l birinchi barmoq asosiy falanga asosidan sinishi hamda Damas rusumli avtomashina haydovchisi bo`yin sohasi yumshoq to`qimalarini lat eyishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan.
Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgani ma`lum qilindi.






