AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 5 bosqichli ommaviy sport musobaqalari o`tkaziladi

'O`zbekistonda 5 bosqichli ommaviy sport musobaqalari o`tkaziladi'ning rasmi

“Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–201-son, 11.04.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qaror bilan ommaviy sportni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari belgilandi.

Xususan, oilaviy sport rag`batlantiriladi, ommaviy sport musobaqalari tashkil etiladi.

2022 yildan har yili 30 iyun – O`zbekiston Respublikasi yoshlari kuni hamda dekabrda o`tkaziladigan “Yoshlar forumi” doirasida futbol, mini-futbol, voleybol, engil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlari bo`yicha 5 bosqichli ommaviy sport musobaqalari o`tkaziladi.

  • 1-bosqichda – ko`chalararo mahalla musobaqalari;
  • 2-bosqichda – mahallalararo sektor musobaqalari;
  • 3-bosqichda – sektor musobaqalarida g`olib bo`lgan mahalla jamoalari o`rtasida tuman (shahar) musobaqalari;
  • 4-bosqichda – tuman (shahar) musobaqalari g`olib mahalla jamoalari o`rtasida viloyat musobaqalari;
  • 5-bosqichda – viloyat musobaqalarida g`olib bo`lgan mahalla jamoalari o`rtasida respublika (final) musobaqalari.

Ushbu musobaqalar 5 bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o`tkaziladi.

 2023 yil 1 martdan olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari bo`yicha 3 bosqichli umumrespublika sport musobaqalari o`tkaziladi.

Yuqoridagi musobaqalar g`oliblarini tayyorlagan maktablarning jismoniy tarbiya fani o`qituvchilari va sport-ta`lim muassasalarining trenerlari malaka attestasiyasiga jalb etilmaydi va ularga quyidagi malaka toifalari to`g`ridan-to`g`ri beriladi:

  • tuman (shahar) bosqichi musobaqalarida g`olib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – ikkinchi malaka toifasi;  
  • viloyat bosqichi musobaqalarida g`olib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – birinchi malaka toifasi;
  • respublika (final) bosqichida g`olib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – oliy malaka toifasi.

 

    Boshqa yangiliklar