AsosiyJamiyat

Toshkent shahar hokimi qabuliga kelgan fuqaro IIB xodimlari tomonidan ushlangani aytilgan xabarlar rad etildi

'Toshkent shahar hokimi qabuliga kelgan fuqaro IIB xodimlari tomonidan ushlangani aytilgan xabarlar rad etildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro va ichki ishlar organlari xodimlari o`rtasi shovqin ko`tarayotganligi aks etgan video tarqalmoqda. Ushbu videoga sharhda esa, Toshkent shahar hokimi qabuliga kelgan fuqaroni qabulga qo`yishmayotganligi aytilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha, joriy yilning 10 aprel kuni taxminan soat 19.00 larda Chilonzor tumanidagi “Dilobod” mahallasida 1996 yilda tug`ilgan T.G. bir nechta fuqarolar bilan og`zaki janjallashib jamoat tartibini buzgan. 

So`ng voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlarining jamoat tartibini saqlash haqidagi qonuniy talabini bajarmasdan, ommani o`ziga qaratish maqsadida baqir-chaqir qilib, IIO xodimlaridan qochishga harakat qilgan.

 Ushbu fuqaroga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) hamda 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) alomatlari bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, o`rnatilgan tartibda ko`rib chiqishlik uchun sudga taqdim etilgan.

 

    Boshqa yangiliklar