AsosiyJinoyat

Yunusobodda tadbirkordan pul talab qilgan MChJ bosh muhandisi ushlandi

'Yunusobodda tadbirkordan pul talab qilgan MChJ bosh muhandisi ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan  DXX  xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`teazildi.

Unda, “Ch.T.” MChJ bosh muhandisi M.Sh. va boshqalar “G.I.” MChJ tomonidan Yunusobod tumanda amalga oshirilgan qurilish-ta`mirlash ishlari bo`yicha dalolatnomani tasdiqlab, amalga oshirilgan ishlar uchun 30 mln so`m o`tkazib berilganligi hamda MChJ lar o`rtasida 300 mln so`mlik shartnoma tuzishganligi evaziga “G.I.” MChJ rahbaridan 1 950 AQSh dollari talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga og`dirib olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar