AsosiyJinoyat

"Sog`lom!": Qashqadaryoda shifokor tibbiy hujjat rasmiylashtirib berish uchun fuqarodan 500 000 so`m oldi  

'"Sog`lom!": Qashqadaryoda shifokor tibbiy hujjat rasmiylashtirib berish uchun fuqarodan 500 000 so`m oldi   'ning rasmi

Viloyat IIB axborot xizmati holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, Shahrisabz shahar “Teparlik” MFYda yashovchi shifokor I.U. shaharning “Fayzabod” MFYda yashovchi K.A.ni harbiy bilim yurtiga o`qishga kirish uchun hujjat topshirib, Mudofa bo`limida tibbiy ko`rikdan o`tayotganligidan xabar topib, sog`lomligi bo`yicha tibbiy hujjatlar rasmiylashtirib berishi evaziga 500 000 so`mni olgan.

U shu vaqtda viloyat IIB JQB K va IJQKB, Shahrisabz shahar IIB va Departamentning Shahrisabz shahar bo`limi xodimlari tomonidan ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgani ma`lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar