AsosiyJamiyat

Ipoteka va ta`lim kreditlari foizlari joriy yilda o`zgarmaydi

'Ipoteka va ta`lim kreditlari foizlari joriy yilda o`zgarmaydi'ning rasmi

Prezident "Markazlashgan manbalar hisobidan ipoteka va ta`lim kreditlari uchun ajratiladigan mablag`lar bo`yicha foiz stavkalarini belgilash to`g`risida"gi  qarorga imzo chekdi. Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 Unga ko`ra:

Moliya vazirligi banklarga ajratadigan ipoteka va ta`lim kreditlari uchun foiz stavkalari 2022 yil yakuniga qadar amaldagi foizlar, ya`ni ipoteka bo`yicha 13 foiz, ta`lim krediti bo`yicha 10 foiz miqdorida saqlab qolinadi.

Bunda, 10 foizdagi kreditlar kredit oluvchiga 14 foizdan ajratiladi.

Ipoteka va ta`lim kreditlari bo`yicha foizlarni kamaytirish Markaziy bank asosiy stavkasi 14 foizdan pasayganda qo`llaniladi.

 

    Boshqa yangiliklar