Farg`ona shahrida fuqaro A.S ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 29 mart kunidan 30 mart kuniga o`tar kechasi Sanoat ko`chasida joylashagan uyini kirish qismiga o`rnatilgan narxi 2.000.000 so`mlik temir darvozasini o`g`irlab, ketganini ma`lum qilgan. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.






