AsosiyJamiyat

"Imkon berilsa, yana Alisher Usmonovlar paydo bo`ladi". Yulduz Usmonova klinika ochish uchun kredit olishda uchragan qiyinchiliklarini gapirib berdi

'"Imkon berilsa, yana Alisher Usmonovlar paydo bo`ladi". Yulduz Usmonova klinika ochish uchun kredit olishda uchragan qiyinchiliklarini gapirib berdi'ning rasmi

Yulduz Usmonova shaxsiy klinika ochishdagi sarsongarchiliklar haqida gapirdi.

«Men ilgari ashulamni aytib yuraverar ekanman. Biznesmenlarni faqat boy odam deb bilar ekanmiz. Bechora biznesmenlarning qancha muammosi borligini o`zi bilar ekan, xolos. Hokimlik-ku, yakka o`zi qaror qabul qilishga qo`rqadi. Tumanga ariza bersangiz, shaharga jo`natadi, undan keyin boshqasiga yuboradi, xullas, hammasi asabbuzarlik. Hokimlikdagilar klinika ochishga ruxsat berguniga qadar bir yildan ortiqroq vaqt o`tdi.

Undan keyin bank burnimizdan ip o`tkazib sudrashdi. Yulduz Usmonova va Mansur Agaliev necha yildan beri soliq to`laydi. Nahotki, shu vaqtgacha ishonchga kirmagan bo`lsak, deb xafa bo`ldim. Masalan, bu yilgi konsertning o`zidan 600 million so`m soliq to`ladik. Nafaqat «Xalqlar do`stligi» boshqa erlardagi konsertlar uchun ham soliq to`laymiz.

Bank xodimlaridan qattiq ranjidim. Men-ku mayli, boshqa yoshlar ham biznes g`oyasi bilan bankka borsa, shunday bo`laveradimi? Kreditni ham 22 foizdan berishdi, bu kichkina mablag` emas. Yulduz Usmonova bo`lib shuncha qiyinchilik bilan kredit olsam bu ketishda biz hech qachon o`smaymiz.

Bank boshqaruvchilari 2-3 yilda o`zgarib tursa ham burni osmon-u, falakda ekan. Ularda muomala yo`q. Endi shularni ko`rmay, deb o`tiribman.

Bunaqada o`sish bo`lmaydi. Yoshlarga yo`l beringlar. Uyini tikib, mashinasini tikib ish boshlayman deyotganlarga imkon berish kerak-ku. Imkon berilsa, yana Alisher Usmonovlar paydo bo`ladi", - deya Usmonova intervyusidan iqtibos keltiryapti "Zamon" nashri. 

    Boshqa yangiliklar