AsosiyJamiyat

"Birorta chuqur qolmasligi kerak!" Ortiqxo`jaev Toshkentdagi yo`llar bo`yicha 10 kun muhlat berdi (video)

'"Birorta chuqur qolmasligi kerak!" Ortiqxo`jaev Toshkentdagi yo`llar bo`yicha 10 kun muhlat berdi (video)'ning rasmi

Toshkent shahar hokimi tuli tashkilot va idora vakillari ishtirokida o`tkazilgan yig`ilishda poytaxt yo`llaridagi muammolarni bartaraf etish masalasiga e`tibor qaratdi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Poytaxt rahbari joriy yilda avvalgi yillarda kuzatilmagan darajada ko`p yomg`ir yoqqani, bu esa yo`llarni nosoz holatga keltirganini qayd etdi. Shunga ko`ra, ushbu muammolarni tezkor bartaraf etish bo`yicha topshiriq berdi. 

«Anvar aka 10 kun muhlatda tuman hokimlari barcha kerakli boshqarmalar bilan birlashib, butun Toshkent shahridagi mavjud xususiy va o`zingizni boshqarmangizga tegishli bo`lgan texnikalarni hammasini jalb qilasiz. 10 kun — sizga muhlat. 10 kun ichida shahardagi katta ko`chalarda, asosiy mashina yuradigan ko`chalarni to`liq ta`mirlashiz kerak. Men tushunaman og`ir, shahrimiz katta, kichkina emas. Kerak bo`lsa kechki payt ishlarni tashkillashtirasiz.

10 kundan o`tib ketsa kechirilmaydi. Hurmatli prokurorimizga iltimos qilamiz, mablag`larimiz bekorga sarf bo`lmasligini, sifatini tekshirishni nazorat qilib berasizlar… Birorta chuqurlik qolmasligi kerak. Sifatsiz qabul qilmaymiz», — dedi Ortiqxo`jaev yo`llar bo`yicha mas`ul bo`lgan boshqarma boshlig`iga. 

Mavzuga doir:

Jahongir Ortiqxo`jaev sayyor qabulga kelgan ayoldan o`zr so`radi va kutilmaganda...  (video)

Jahongir Ortiqxo`jaev shaxmat maktabi ochish taklifi bilan kelgan fuqaroga Spark sovg`a qildi (video)

 

    Boshqa yangiliklar