AsosiyJinoyat

Samarqandda 6 kg. dan ortiq "opiy" va "gashish aylanmasiga chek qo`yildi

'Samarqandda 6 kg. dan ortiq "opiy" va "gashish aylanmasiga chek qo`yildi'ning rasmi

Mazkur jinoyat bilan aybdanuvchilar qo`lga olingan vaqtda ular mahalliy fuqaroga 49,5 gramm miqdordagi "opiy" giyohvandlik moddasini 2100 AQSh dollariga sotayotgan bo`lishgan.

Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyati IIB hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand-Toshkent yo`nalishida yo`lovchi tashish bilan shug`ullanuvchi, fuqaro va Samarqand tumanida yashovchi, tadbirkor ushlandi. 

Ushbu shaxslar Samarqand shahrida yashovchi shaxsdan giyohvand moddalarni sotib olganliklari aniqlanib, tadbir davom ettirilgan va uning yashash xonadonida 5 kg. miqdordagi "opiy" va 1 kg. "gashish" giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotganligi ma`lum bo`lgan Jami 6 kg. 49,5 gramm "opiy" va "gashish" giyohvandlik moddalari tarqalishiga chek qo`yildi.

"Hozirda, yuqoridagi shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar