1

18-23 aprel kunlari O`zbekiston bo`ylab "Kitobxonlik haftaligi" o`tkaziladi

Madaniyat 15.04.2022, 16:12
18-23 aprel kunlari O`zbekiston bo`ylab "Kitobxonlik haftaligi" o`tkaziladi

Xabaringiz bor, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning to`rtinchisi sifatida yoshlar o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish belgilangan.  

Hukumatning 2020 yil 14 dekabrdagi 781-sonli qaroriga asosan 2021 yildan boshlab har yili aprel oyida “Kitobxonlik haftaligi” o`tkazilishi belgilangan.

Bugun Prezident Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida aynan shu mavzuga bag`ishlanga matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjiuman ishtirok etgan darakchi.uz muxbiri Oybek Shukurovning ma`lum qilinishicha, "Kitobsevar millat" shiori ostida II Respublika “Kitobxonlik haftaligi” 18-23 aprel kunlari Respublika bo`ylab o`tkaziladi.  

Haftalikning tantanali ochilish marosimi 18 aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonada o`tkaziladi. Haftalik doirasida madaniy-ma`rifiy tadbirlar, taqdimotlar, kitob savdo ko`rgazma-yarmarkalari tashkil etilib, “Magic City” istirohat bog`ida intelektual sovrinli viktorinalar bo`lib o`tadi.

Bundan tashqari,  axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy-madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish ishlariga munosib hissa qo`shgan, kitobxonlikni keng targ`ib qilish va yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan va mazkur yo`nalishda yuqori natijalarga erishgan xodimlar “Axborot-kutubxona a`lochisi” ko`krak nishoni bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, haftalik doirasida tashkilotchilar tomonidan eng faol nashriyotni turli nominasiyalar bilan taqdirlash, kitob targ`ibotchilari va ijodkorlarni rag`batlantirish rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1