AsosiyDunyo

Shvesiyada Qur`on nusxasi ommaviy yoqib yuborildi Butunjahon musulmon jamiyatlari kengashi bu bo`yicha munosabat bildirdi

'Shvesiyada Qur`on nusxasi ommaviy yoqib yuborildi  Butunjahon musulmon jamiyatlari kengashi bu bo`yicha munosabat bildirdi'ning rasmi

Kengash diniy ramzlarni hurmat qilish zarurligini ta`kidlaydi.

Butunjahon musulmon jamiyatlari kengashi bayonotda Shvesiyada islom va musulmon jamiyatiga qarshi ko`rilayotgan nafrat va murosasizlik to`lqini mutlaqo qabul qilib bo`lmaydigan va tinchlikka katta xavf tug`dirishini ma`lum qiladi.

U, shuningdek, tinchlik va boshqa madaniyatlarni qabul qilish madaniyatini rivojlantirish bo`yicha sa`y-harakatlar amalga oshirilishining muhimligini qayd etadi. Bayonotda zo`ravonlikning barcha ko`rinishlaridan voz kechish, boshqalarning his-tuyg`ularini ranjitmasdan tinch va madaniyatli tarzda fikr bildirishga chaqirish lozimligi aytiladi.

Kengash musulmon jamiyatlarini provokasion urinishlariga aralashmaslikka, qonunlarga rioya qilishga hamda ijtimoiy xavfsizlik, tinch-totuv yashash va muloqotni saqlashda "Islom hikmatining namunasi" bo`lishga chaqirdi.

Ma`lumot uchun, bir qator arab davlatlari Qur`onni ommaviy yoqib yuborilganini keskin qoraladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar