Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimini avtomashina urib yuborgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Ushbu holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati rasmiy ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, bugun, 20 aprel` kuni taxminan soat 10:40 larda Mirzo Ulug`bek tumani Abdulla Qodiriy va Maxatma Gandi ko`chalari chorrahasida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori Farxod Sayxamatovni A.T. boshqaruvidagi “Hyundai Sonata” rusumli davlat raqam belgisi 01 990 QFA bo`lgan avtomashinada urib yuborgan.
Natijada YPX inspektori olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






