AsosiyJinoyat

Andijonda zaxiradagi er maydonini sotmoqchi bo`lgan irrigasiya va kadastr bo`limi xodimlari ushlandi

'Andijonda zaxiradagi er maydonini sotmoqchi bo`lgan irrigasiya va kadastr bo`limi xodimlari ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament  bu haqda xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, tuman irrigasiya bo`limi texnik-gidrotexnigi Sh.D. fuqaro G.ga tuman hokimligi zaxirasidagi 10 sotix er maydonini uy-joy qurish uchun 10 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, er maydoni  hujjatlarini Kadastrlar palatasi Paxtaobod tumani filiali muhandisi vazifasida ishlovchi ukasi N.D. orqali tayyorlab berishni va`da qiladi.

O`zining xizmat haqi 100 AQSh dollari bo`lishini aytib, 10 100 AQSh dollarini ukasi N.D. bilan birgalikda olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar