AsosiyJamiyat

Sirdaryoda "Nexia-3" portlab ketdi

'Sirdaryoda "Nexia-3" portlab ketdi'ning rasmi

Yangier shahrida "Nexia-3" avtomobiliga o`rnatilgan gaz ballon portladi. Bu haqda YHXX xabar bermoqda

Ma`lum qilinishicha, bugun, 2022 yil 21 aprel kuni soat 09:30 larda, Yangier shahar, Paxtakor ko`chasida joylashgan "Vatanparvar" tashkiloti binosining ro`parasida to`xtab turgan, 1994 yilda tug`ilgan fuqaro B.Q. boshqarib kelgan "Nexia-3" rusumli avtomobilning gaz ballonida portlash sodir bo`lgan.

Hodisa natijasida, tan jarohati olgan fuqarolar yo`q. Avtomobil shikastlanib yaroqsiz holga kelgan. Shuningdek, yaqinda to`xtab turgan 2 ta transport vositalariga hamda atrofdagi choyxona binosining oynalari sinib zarar etgan.  

Ushbu holat yuzasidan viloyat FVB va IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar