AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda barpo etiladigan Ettitom shaharchasidagi uylar tomiga quyosh energiyasi panellari o`rnatiladi

'Qashqadaryoda barpo etiladigan Ettitom shaharchasidagi uylar tomiga quyosh energiyasi panellari o`rnatiladi'ning rasmi

 Oliy Majlis Senatining shu yil 17 martdagi qaroriga muvofiq, aholiga qulayliklar yaratish hamda urbanizasiya jarayonlarini tartibga solish maqsadida Chiroqchi tumanining bir qismida Ko`kdala tumani tashkil etildi. Ettitom shaharchasi Ko`kdala tumanining ma`muriy markazi etib belgilandi. 

Avval xabar qilganimizdek, Preziden Shavkat Mirziyoev Qashqadaryo viloyatiga tashrifidagi birinchi manzil Ko`kdala tumani bo`ldi. Bu ma`muriy birlikni tashkil etish g`oyasi Shavkat Mirziyoevning saylovoldi dasturidan o`rin olgan edi.

Prezident Ko`kdala tumanining ma`muriy markazi bo`lgan Ettitom shaharchasini rejalashtirish loyihasi bilan tanishdi.

Tuman hududi 171 ming gektar bo`lib, 32 ta mahalladan iborat. Loyihaga ko`ra, Ettitom shaharchasida tuman hokimligi va mahalliy idoralar uchun binolar, “Yangi O`zbekiston” massivi, bog`cha va maktablar, poliklinika, istirohat bog`i, xalqaro ahamiyatdagi yo`l bo`yida xizmat ko`rsatish va savdo majmualari barpo etiladi. 159 kilometr yo`l ta`mirlanib, 50 kilometr ichimlik suvi, 80 kilometr elektr tarmoqlari quriladi.

Prezident yangi binolarni energiya tejamkor qilib qurish, uylar tepasiga quyosh energiyasi panellari o`rnatish zarurligini ta`kidladi. Ko`kdalada 500-1000 megavattlik quyosh elektr stansiyalari va quyosh panellari qorxonasini barpo etish imkoniyatini o`rganish bo`yicha topshiriq berildi.

Shu erda aholi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Ular ilgari Chiroqchi tumani markazigacha 2-3 soatlab yo`l yurilgani, bu ko`p qiyinchilik va xarajatlar tug`dirganini so`zlab berishdi.

- Ko`kdala tumanini tashkil etishdan asosiy maqsad bu erda yashaydigan 182 ming nafar aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish, hududni iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta`minlash bo`yicha ishlarimizni yangi bosqichga ko`tarishdir, - dedi Shavkat Mirziyoev.

Shu maqsadda tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha 3 yillik dastur ishlab chiqilishi ta`kidlandi. Bu erda muhandislik-kommunikasiya tarmoqlari va ijtimoiy soha ob`ektlarini barpo etish uchun qariyb 2 trillion so`m mablag`lar yo`naltiriladi. Joriy yilda 260 milliard so`mlik 18 ta loyiha ishga tushiriladi.

Prezident yangi binolarni energiya tejamkor qilib qurish, uylar tepasiga quyosh energiyasi panellari o`rnatish zarurligini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar