Toshkent shahridagi 21-Mehribonlik uyida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan ushbu muassasaga Vazirlar Mahkamasining mutasaddilari, Bolalar bo`yicha ombudsman, Xalq ta`limi vazirligi rahbariyati, Toshkent shahar hokimi, Milliy gvardiya, shahar prokuraturasi, va tegishli mutassadilar muassasaga kelgan holda vaziyatni o`rgandilar. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
O`rganilganda muassasa tarbiyalanuvchilari tomonidan xodimlardan biriga nisbatan e`tiroz kayfiyati shakllangani aniqlandi.
Ayni damda muhit barqaror, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari kun tartibi bo`yicha shug`ullanmoqdalar, vaziyat nazoratga olingan.






