"O`zgidromet" 22 aprel kuniga ob-havo bashoratini e`lon qildi.
Qayd etilishicha, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`istonda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 23-28° ni tashkil etadi.
Toshkentda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27° bo`ladi.
Tog`li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20° bo`ladi.






