Kecha, 21 aprel kuni soat 14-00dan 15-00ga qadar bo`lgan oraliqdagi vaqtda Andijon viloyati, Oltinko`l tumanidagi 31-sonli davlat maktabgacha ta`lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 4 yoshli Lutfullaev Xushnudbek maktabgacha ta`lim tashkilotining kun tartibidagi uyqu vaqtida uxlayotganda olamdan o`tgan. Bu haqda Maktabgacha ta`lim vazriligi xabar qildi.
Tashkilot hamshirasining ma`lum qilishicha, ertalabki qabul jarayonida tarbiyalanuvchi Lutfullaev Xushnudbekda hech qanday kasallik alomatlari kuzatilmagan.
Kun tartibidagi uyqu vaqtida har doimgidek bolalar uyquga yotqizilgan va tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchilarni uyqudan uyg`otishganda bola o`rnidan turmagan va darhol tez yordamga murojaat qilingan hamda tibbiyot xodimlari tomonidan tarbiyalanuvchi tibbiy nazoratdan o`tkazilgan. Natijada bola uyqu vaqtida olamdan o`tganligi ma`lum bo`lgan.
Hozirgi kunda huquq-tartibot organlari tomonidan surishtiruv, ekspertiza ishlari olib borilmoqda.
"Ekspertiza xulosalari aniqlangach batafsil ma`lumot berilishini hamda holat Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan nazoratga olinganligini ma`lum qilamiz.
Xushnudbekning oila a`zolariga sabr tilagan holda o`z ta`ziyamizni izhor etamiz!" - deyiladi xabarda.






