AsosiyJamiyat

Prezident 365 mlrd so`mlik "Ayoqchisoy" sel suv omborini qurish bo`yicha taklif ishlab chiqishga topshiriq berdi

'Prezident 365 mlrd so`mlik "Ayoqchisoy" sel suv omborini qurish bo`yicha taklif ishlab chiqishga topshiriq berdi'ning rasmi

Bir oy muddatda yaratiladigan ushbu loyiha natijasida  Yakkabog`, Chiroqchi, Qamashi, Shahrisabz va Kitob tumanlarida 25 ming gektar erlarni suv bilan ta`minlash ko`zda tutilgan.  

 Shuningdek, Shavkat Mirziyoev mutasaddilarga quyidagi topshiriqlarni berdi:

● 337 mlrd so`m hisobidan ichimlik suv ta`minoti va kanalizasiya tizimini yaxshilash bo`yicha loyihalarni bir hafta muddatda boshlash;

● qo`shimcha ajratilgan 354 mlrd so`m evaziga yo`llar va ko`priklarni ta`mirlash ishlarini sifatli amalga oshirish.

"Qashqadaryoda ichimlik suvi bilan ta`minlashni to`liq 100 foizga etkazish uchun harakatdan to`xtamaymiz" — Shavkat Mirziyoev

Infratuzilma dasturi doirasida va qo`shimcha ajratilayotgan jami 575 mlrd so`m hisobidan 1 823 kilometr ichimlik suv tarmoqlari, 74 ta suv inshooti quriladi va rekonstruksiya qilinadi.

Natijada 500 ming nafar aholi ilk bor sifatli ichimlik suv bilan ta`minlanadi, 160 ming nafar aholining suv ta`minoti yaxshilanadi. Markazlashgan ichimlik suv ta`minoti 43 foizdan 58 foizga etkaziladi.

Davlatimiz rahbari hududlarda tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun qo`shimcha 300 mln dollar mablag` ajratish to`g`risidagi qarorni imzolagani, shundan  45 mln dollar Qashqadaryodagi tadbirkorlar loyihalarini moliyalashtirish uchun yo`naltirilishini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar