“O`zgidromet” xabariga ko`ra, joriy yilning 24-25 aprel kunlari O`zbekiston hududi bo`yicha ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, respublikaning ayrim tumanlarida do`l yog`ishi mumkin.
24-25 aprel kunlari Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida, Navoiy viloyatining tog` oldi hududlarida, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`adi.
Ushbu kunlarda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini inobatga olgan holda, ehtiyotkorlik bilan harakatlanish so`ralmoqda.







