Jizzax viloyati prokuraturasi axborot xizmati ma`lum qilishicha, Forish tumanida uchta cho`pon o`rtasidagi janjal o`lim bilan yakunlangan.
Ma`lum bo`lishicha, 13 aprel kuni Forish tumanidagi “Egizbuloq” m.f.y, “Ko`ktepa” AXM hududidagi fermer xo`jaliklarining biriga qarashli cho`pon uyida vaqtincha yashab, cho`ponlik qilib kelayotgan, 1977 yilda tug`ilgan fuqaro M.G` ushbu hududda cho`ponlik qilib kelayotgan tanishi 1977 yilda Paxtakor tumanida tug`ilgan J.X va 1973 yilda shu tumanda tug`ilgan X.X bilan spirtli ichimlik iste`mol qilib, o`rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida, mastlik holatida yonida bo`lgan oshxona pichog`i bilan J.X va X.Xlarning ko`krak qafasiga bir necha marta tan jarohati etkazib, ularni qasddan o`ldirib, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






