Afg`oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amir Xon Mutaqqiy Markaziy Osiyo davlati elchilari bilan muzokara o`tkazdi. Bu haqda “Sputnik Afganistan” xabar berdi, deya yozmoqda "Zamon" nashri.
Uchrashuvda O`zbekiston, Qozog`iston elchilari, Turkmaniston va Qirg`iziston vakillari ishtirok etgan. Muhokamalar markazida Afg`oniston bilan savdo-iqtisodiy aloqalar va bu orqali mintaqa uchun ochiladigan yangi imkoniyatlar masalasi turgan.
Xususan, Transafg`on temiryo`li va energetik loyihalar (TAPI va CASA-1000)ga e`tibor qaratilgan. Muzokaralarda mintaqa farovonligi uchun pragmatik harakatlarni amalga oshirish muhimligi ta`kidlandi.






