Avval xabar qilganimizdek, Oltinko`l tumanidagi 31-sonli maktabgacha ta`lim tashkilotida 2017 yilda tug`ilgan tarbiyalanuvchi Xushnudbek Lutfullaev kunduzgi uyqu vaqtida to`satdan vafot etgan.
Ayni paytda bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko`ra, mazkur holat tuman prokuraturasi tomonidan tekshirilmoqda.
Marhumning o`lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Shuningdek, Bosh prokuratura jamoasi og`ir judolikka uchragan marhumning ota-onasi va yaqin qarindoshlariga chuqur ta`ziya izhor etib, hamdardlik bildiradi.
Telegram I Twitter






