Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va Germaniyadagi hamkor tashkilot quyidagi bo`sh ish o`rinlarini taklif qilmoqda.
- Mehmonxonada yordamchi;
- Restoran xizmatchisi;
- Ko`ngilochar istirohat bog`larida (attraksionlarda) yordamchi.
Fuqarolar ish beruvchi tomonidan suhbat asosida tanlab olinadi.
Oylik maoshi – 1800-2400 evro (brutto).
Ishchilarga o`z tanlovlariga ko`ra yashash joyi taklif qilinadi.
Nomzodga qo`yiladigan talablar:
- 22-35 yosh;
- Nemis filologiyasi, turizm va gastronomiya yo`nalishidagi diplom;
- Gyote institutining B1 darajasidagi nemis tilini bilish sertifikati (keyinroq taqdim qilsa ham bo`ladi);
- sudlanmagan bo`lishi.
Tanlovda qatnashish istagida bo`lgan fuqarolar quyidagi hujjatlarni elektron taqdim etishi lozim:
a) xorijga chiqish pasporti;
b) bakalavr diplomi;
s) nemis tilidan B1 sertifikati;
d) to`ldirilgan tarjimai hol (anketa nemis tilida).
Dasturda ishtirok etish uchun ro`yxatdan o`tish uchun.
Murojaat uchun: (71) 202-33-55.
Ushbu yo`nalishlar bo`yicha 2022 yil uchun nomzodlar yig`ildi. Biroq siz 2023 yil uchun ro`yxatdan o`tishingiz mumkin.






