1

Joriy yilda OTMga hujjat topshirayotgan abiturientlar biometrik pasportga ega bo`lishi shartmi?

Jamiyat 24.06.2016, 12:58
Joriy yilda OTMga hujjat topshirayotgan abiturientlar biometrik pasportga ega bo`lishi shartmi?

O`zbekiston Oliy ta`lim muassasalarida abiturientlardan 2016-2017 o`quv yili uchun hujjat qabul qilish jarayoni boshlangach, taqdim etiladigan hujjatlar orasida biometrik pasport zururligi haqidagi gap-so`zlar tarqaldi.

Joriy yilda abiturientlar hujjat topshirishi uchun biometrik pasport shartmi? Facebook ijtimoiy tarmog`idagi "Maslahat.uz" guruhida huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiev ushbu savolga quyidagicha javob berdi:

"Ichki ishlar vazirligi bergan ma`lumotga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi fuqarosining eski ko`rinishdagi pasporti 2018 yil 1 iyulga qadar haqiqiy hisoblanadi. Shu sababli, abiturientlar joriy yilda ham avvalgi ko`rinishda berilgan pasportlar orqali hujjat topshira oladilar. Biometrik pasport shart emas".

Manba: “Uz24.uz”

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1