AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda harorat 32 darajagacha ko`tariladi

'Bugun O`zbekistonda harorat 32 darajagacha ko`tariladi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda biroz qasqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 27-32° bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 28-30° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar