O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, taniqli ulamolar va malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh Ramazon hayitining birinchi kuni – Shavvol hilolini astronomik tahlillar hamda xorijiy davlatlardagi mutaxassislar bilan hamkorlik asosida kuzatib bormoqda.
Ta`kidlanishicha, ushbu ishchi guruh kuzatish natijalarini O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashiga taqdim etadi.
Ramazon hayitining birinchi kuni haqidagi ma`lumotlar Ulamolar Kengashi tomonidan ko`rib chiqiladi va tegishli xulosalar qabul qilinadi.






