1

"Lazgi" xalqaro raqs festivali g`oliblarini qanday mukofot kutayotgani ma`lum qilindi

Madaniyat 28.04.2022, 18:20
"Lazgi" xalqaro raqs festivali g`oliblarini qanday mukofot kutayotgani ma`lum qilindi

Ma`lumki, ayni kunlarda Xiva shahrida birinchi xalqaro "Lazgi" festivali bo`lib o`tmoqda. Unda dunyoning 30 davlatidan 192 nafar ishtirokchi tashrif buyurgan. Darakchi.uz jurnalisti Karim Zaripov mazkur festival g`oliblarini qanday sovrin kutayotgani haqida ma`lumot berdi.

Prezident imzolagan qarorga muvofiq mukofotlash tartibi anjuman doirasida o`tkaziladigan tanlov g`oliblari Tashkiliy qo`mita tomonidan diplom, statuetka va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

«Gran-Pri» — 7 000 AQSh dollari;  

1-o`rin — quyidagi nominasiyalar bo`yicha:  

«Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi» — 5 000 AQSh dollari;

«Eng yaxshi raqs jamoasi» — 5 000 AQSh dollari;

«Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs» — 5 000 AQSh dollari.  

2-o`rin — quyidagi nominasiyalar bo`yicha:

«Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi» — 3 000 AQSh dollari;  

«Eng yaxshi raqs jamoasi» — 3 000 AQSh dollari;  

«Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs» — 3 000 AQSh dollari.  

3-o`rin— quyidagi nominasiyalar bo`yicha:

«Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi» — 2 000 AQSh dollari;  

«Eng yaxshi raqs jamoasi» — 2 000 AQSh dollari;

«Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs» — 2 000 AQSh dollari.

Festival doirasida faol ijrochilarni qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish maqsadida ta`sis etilgan «Eng yaxshi raqs», «Eng yaxshi xoreograf», «Eng yaxshi yosh raqqosa (raqqos)» kabi nominasiyalar bo`yicha ishtirokchilar rag`batlantiruvchi sovg`a va mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1