1

"Lazgi" festivaliga tashrif buyurgan Fariborz Kannejad. Eron madaniyati targ`ibotida uning o`rni qanday?

Madaniyat 28.04.2022, 22:10
"Lazgi" festivaliga tashrif buyurgan Fariborz Kannejad. Eron madaniyati targ`ibotida uning o`rni qanday?

Ma`lumki, ayni kunlarda Xorazm viloyati Xiva shahrida birinchi "Lazgi" xalqaro raqs festivali bo`lib o`tmoqda. Avval xabar berganimizdek, festivalda dunyoning 30ta davlatidan 192 qatnashuvchilar tashrif buyurdi. Tanlov doirasida ishtirok etuvchi davlatlar soni 18ta bo`lib, qatnashuvchilar 160ta. Ilmiy-amaliy konferensiyada 11ta davlatdan 13ta olimu tadqiqotchilar ishtirok etmoqda. 

Faxrli mehmonlar orasida Fariborz Kannejad Buyuk Britaniyadagi eng ilg`or Eron madaniyati targ`ibotchisi ham bor.  Bu haqda Darakchi. uz jurnalisti Karim Zaripov xabar bermoqda. 

Fariborz Kannejad dunyo bo`ylab Eronlik eng mashhur musiqa ustalari ishtirokida turli madaniy tadbirlar o`tkazib keladi.

Fariborz ko`p yillar davomida London, York, Kambridj, Oksford Universitetlarida Yaqin Sharq musiqasi, jumaladan Eron nafis musiqasi nazariyasi va amaliyotidan ta`lim berib kelmoqda.  

Shuningdek, Fariborz Buyuk Britaniyadagi Nava Arts UK musiqa jamoasiga asos solib, Eron musiqasini Britaniyalik aholi orasida Eronning turli viloyatlari an`anaviy musiqalarini namoyish qilib keladi.

Nava Arts UK orqali eng birinchi bo`lib, Eronlik musiqachilar, qo`shiqchilar va raqqoslar ishtirokida rasmiy ravishda Londonda musiqiy dasturlarini taqdim etishga erishgan.

Yillar davomida Fariborz Eron musiqa va raqs san`atiga katta qiziqish bilan bu san`at turini dunyo bo`ylab targ`ib qilishga harakat qiladi.

U o`z faoliyati davomida Buyuk Britaniyaning eng katta sahnalari, jumladan, Sauntbek Markazi, Barbakan Markazi, Britaniya Muzeyi, Viktoriya va Albert Muzeyi sahnalarida Eron musiqa va raqs san`atini ulkan yutuq bilan targ`ib qilishga erishib kelmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1