AsosiyDunyo

"Biz BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyalarini o`zimiz bajardik" — Ilhom Aliev

'"Biz BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyusiyalarini o`zimiz bajardik" — Ilhom Aliev'ning rasmi

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliev ADA universitetida bo`lib o`tgan “Janubiy Kavkaz: taraqqiyot va hamkorlik” mavzusidagi xalqaro quyidagilarni gapirib o`tdi. 

"Hech qachon xalqaro tashkilotlarning qarorlari va rezolyusiyalariga umid qilmang, chunki ular hech qanday ma`noga ega emas. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi 4 ta rezolyusiyani qabul qildi, ular asosida Armaniston qurolli kuchlari bizning hududlarimizni zudlik bilan tark etishi kerak edi. Shunga qaramay, 27 yildan buyon birorta ham qaror ijrosi yo`q, o`zimiz amalga oshirdik.

Davlat rahbari ushbu rezolyusiyalarni qabul qilganlar BMT Xavfsizlik kengashining uch doimiy a`zosi, shuningdek, EXHT Minsk guruhi hamraislari ekanini ta`kidladi. “Nega o`zingiz qabul qilgan qarorlarni bajarmaysizlar”, deb so`raganimda, javob aniq edi – ishg`ol bilan bog`liq vaziyat ular uchun maqbul edi. Bu Armaniston uchun ham, Minsk guruhi hamraislari uchun ham maqbul edi, lekin biz uchun nomaqbul edi. Biz haqiqiy dunyoda yashashimiz va xalqaro hamjamiyat tomonidan hech qanday yordam bo`lmasligini tushunishimiz kerak edi. Tabiiyki, kuchli armiya, kuchli iqtisod va yangi avlod, ya`ni o`limga borishga maxsus tayyor bo`lgan odamlar kerak edi. Qorabog` uchun qurbon bo`lganlarning aksariyati uni hech qachon ko`rmagan. Ular yosh avlod vakillari vatanparvar, o`z Vatanini sevuvchi, g`ayrati yuksak insonlar edi. Tabiiyki, eng muhim masala kuchli armiya qurish edi va biz bunga erishdik. Ko`p yillar davomida bu men uchun Prezident sifatidagi ustuvor vazifa bo`lib kelgan”, — dedi Prezident Ilhom Aliev.

    Boshqa yangiliklar