AsosiyJamiyat

“Ichan-Qal`a”dagi 33ta tarixiy obidaga termitlar jiddiy zarar etkazmoqda

'“Ichan-Qal`a”dagi 33ta tarixiy obidaga termitlar jiddiy zarar etkazmoqda'ning rasmi

Bu haqda Zoologiya instituti direktori Baxtiyor Xolmatov AOKAda o`tkazilgan brifingda ma`lum qildi.

Bugungi kunda dunyo miqyosida iqlim o`zgarishlarining keskinlashuvi, havo haroratining ko`tarilishi hamda antropogen omillarning avj olishi natijasida termitlar o`z tabiiy yashash makonlaridan aholi turar joylari, tarixiy madaniy obidalar, strategik ahamiyatga ega ob`ekt hududlariga ko`chib, ularning yog`och konstruksiya qurilmalariga jiddiy zarar keltirmoqda.

Termitlar masalasi dunyo miqyosidagi yirik muammolardan hisoblanib, ular tufayli bino va inshootlarga juda katta zarar etmoqda. Hozirgi ma`lumotlarga ko`ra, termitlarning har yili keltiradigan zarari dunyo miqyosida 40 milliard AQSh dollarini tashkil qilmoqda.

Bugungi kunda respublikamiz hududida aholi turar joylarini, tarixiy-madaniy obidalar, ijtimoiy soha ob`ektlari va inshootlardagi yog`och-taxta qurilish materiallariga hamda xalqimizning bir necha asrlardan beri avloddan avlodga o`tib kelayotgan noyob xalq amaliy san`ati durdonalari hisoblangan yog`och o`ymakorligi san`at ishlanmalarini termitlar kuchli zararlab, misli ko`rilmagan darajada zarar keltirmoqda va favqulotda holatlar kelib chiqishiga sabab bo`lmoqda.

Dunyoda termitlarning 3000 ga yaqin turi mavjud bo`lib, O`zbekistonda termitlarning 2 turi Turkiston termiti Anacanthotermes turkestanicus Jacobs., 1904 hamda katta Kaspiy orti termiti Anacanthotermes ahngerianus Jacobs., 1904 turlari respublikamizning deyarli barcha viloyat hududlarida keng tarqalgan.

Respublikamizda termitlarning zararli faoliyati yuzasidan olib borilgan monitoring ishlaridan so`ngi ma`lumotlarga ko`ra respublika bo`yicha:

Aholi turar joylarida – 18 958 ta holat

Madaniy-tarixiy obidalarda – 46 ta holat

Strategik ahamiyatga ega bo`lgan ob`ektlarda-15 ta holat

Ijtimoiy soha ob`ektlarida – 98 ta holat

 Dala va cho`l zonalari, qabristonlar va boshqa ochiq joylarda – 1082 ga maydonlar termitlarning mavjudligi aniqilangan.

Bunda, Qoraqalpog`iston respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari termitlar tomonidan kuchli zararlangan hududlar hisoblanadi.

Madaniy-tarixiy ob`ektlarda termitlarning zarari xususida to`xtalib o`tadigan bo`lsak:

Misol uchun, bugungi kunda respublikamiz hududidagi Butunjahon madaniy merosi ro`yxatiga kiritilgan, YuNESKO muhofazasidagi “Ichan-Qal`a” tarixiy yodgorlik majmuyidagi 33 ta tarixiy obidaning yog`och o`ymakorligi ishlanmalariga termitlar jiddiy darajada zarar etkazmoqda. Jumladan, Juma masjid muzeyi, Paxlavon Mahmud maqbarasi, Muhammad Inoq va boshqalar termitlardan kuchli zararlangan.

Termiz tumanidagi I-III asrlarga tegishli Buddaviylik ziyoratgohlaridan biri Fayoztepa obidasi hududining 100% termitlar bilan zararlangan;

Surxondaryodagi Al Xakim At-Termiziy, Qashqadaryodagi Xazrati Imom masjidi, Navoiydagi Imom Xasan-Xusan ziyoratgohi va Qoraqalpog`iston Respublikasidagi Mizdaxkan kompleksi tarixiy obidalarida termitlarning zararli faoliyati qayd etilgan.

Respublikada termitlarga qarshi kurashish ishlarinining tashkil qilinganligi

Xukumatimiz tomonidan termitlarning zararli faoliyatini bartaraf etish va termitlarga qarshi kurash choralarini izchil yo`lga qo`yish maqsadida Vazirlar Mahkamasining Qaror va Farmoyishlari qabul qilingan. Jumladan:

Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 2 fevraldagi, 27-sonli qarori bilan “Respublikada termitlarga qarshi kurashish ishlarini jadallashtirish va ularning zararini bartaraf qilish to`g`risida” O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti xuzurida “Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi” davlat muassasi tashkil etilgan.

 “Respublika termitlarga qarshi kurashish Markazi” faoliyati davomida termitlarga qarshi kurashish vositalarini yaratish va usullarini ishlab chiqish borasida ko`plab ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilgan bo`lib, bugungi kunda ham Markaz tomonidan termitlarga qarshi samarali vositalardan biri bo`lgan zaharli em-xo`raklarning yangi sanoat namunalari yaratilib, amaliyotga keng joriy etilmoqda.

Markaz tomonidan bugungi kungacha 180 000 ga yaqin termitlarga qarshi zaxarli em-xo`rkalar ishlab chiqarilgan bo`lib, Shunda:

Aholi turar joylariga – 160 000;

Madaniy-tarixiy obidalarda – 10 000;

Ijtimoiy soha ob`ektlarida – 7 500;

Strategik ahamiyatga ega bo`lgan ob`ektlarda- 2300 ga yaqin em-xo`raklar o`rnatildi va ushbu o`rnatilgan xududlarda termitlarning zarari bartaraf etildi. (2014-2021 yy.)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorazm viloyati Xiva shahrining “Mevaston”, “Kaptarxona”, “Qumyaska”, “Yangi turmush”, “Kalta minor” va “Ichan Qal`a” mahallalaridagi aholi turar joylari, madaniy-tarixiy obidalar, strategik ahamiyatga ega bo`lgan ob`ektlar, ishlab chiqarish binolari, inshootlar va boshqa turdagi ob`ektlarga zarar etkazayotgan termitlar tarqalishini oldini olish hamda ularga qarshi kurashishni yanada kuchaytirish” maqsadida 2022 yil 25 faevral № 89-F sonli Farmoyishi qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar