Amerikaning “TIME” jurnali dunyodagi eng nufuzli kishilarning TOP—100 talik reytingida ovoz berishni o`tkazdi.
"Zamon" nashrining yozishicha, 3 may holatiga ko`ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy unda etakchilik qilmoqda.
Saytda “Ha” yoki “yo`q” deb ovoz berish mumkin. Zelenskiy uchun o`quvchilarning 83 foizi “Ha” deb ovoz berdi va shunga mos ravishda 17 foizi “yo`q” deb javob bergan. AQSh prezidenti Jo Bayden 59 foiz ovozini to`plagan. Emmanuel Makron 52 foiz ovoz bilan uchinchi o`rinda turibdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinga 80 foiz ishtirokchilar “yo`q” deb javob berishgan.
Ovoz berishning yakuniy natijalari 23 may kuni e`lon qilinadi.