AsosiySport

Farg`onalik gimnastikachi xalqaro turnir g`olibi bo`ldi

'Farg`onalik gimnastikachi xalqaro turnir g`olibi bo`ldi'ning rasmi

Tokio - 2020 Olimpiada o`yinlari ishtirokchisi, farg`onalik badiiy gimnastikachi Ekaterina Fetisova Polsha poytaxti Varshavada bo`lib o`tgan Irina Deleanu Cup xalqaro turniri g`olibi bo`ldi.

Bu haqda Farg`ona viloyati hokimligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Ekaterina ko`pkurashda 122,90 ball bilan oltin medalni qo`lga kiritgan. Shuningdek, yana bir o`zbekistonlik gimnastikachi Yasmina Ragimova turnirda ikkinchi o`rinni egallagan.

Eslatib o`tamiz, avvalroq og`ir atletika bo`yicha yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatida o`zbekistonlik Jamila Panfilova ikkita bronza medaliga sazovor bo`lgandi.

    Boshqa yangiliklar