Evropa Ittifoqi 2022 yil oxiriga qadar Rossiya gazining 2/3 qismidan voz kechmoqchi. Bu haqda BBC xabar berdi, deya qayd etadi Zamon.uz'.
Evropa komissiyasining ma`lum qilishicha, bu reja may oyida to`liq ishlab chiqiladi. Evropaning energetika siyosati bo`yicha komissari Kadri Simsonning so`zlariga ko`ra, EI yil oxiriga qadar Rossiyaning 2/3 gaziga muqobil topmoqchi.
Hozirda Evroittifoq bu borada asosiy gaz etkazib beruvchilar bilan muzokara o`tkazayotgani aytilmoqda. Shuningdek, gazni tejash va muqobil energetika manbalari hisobiga ham gaz iste`molini kamaytirish nazarda tutilgan.
Avvalroq Evropa Nigeriya bilan gaz etkazib berish bo`yicha muzokara olib borayotgani haqida xabar bergan edik.






