2022 yil, 3 may kuni Moskva viloyatining Mtishi shahridagi ko`p qavatli uylarning birida sodir bo`lgan. Hodisa yuzasidan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi xodimlari tegishli tashkilotlar vakillari bilan tezkor aloqa o`rnatdi, deya xabar bermoqda agentlik.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yong`in sigareta qoldig`i o`chirilmagani natijasida kelib chiqqan.
Qayd etilishicha, xonadon egasi 4 qavatdan sakrab, olgan jarohati natijasida va yana 2 nafar O`zbekiston fuqarosi liftda havo etishmasligi natijasida vafot etgan.
"Hozirda ushbu holat nozoratga olingan va vafot etgan yurtdoshlarimiz Rossiya Federasiyasida rasmiy mehnat faoliyatini amalga oshirib kelayotgani sababli ularning jasadlarini Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi mablag`lari hisobidan vatanga qaytarish choralari ko`rilmoqda",-deyiladi xabarda.






