Ijtimoiy tarmoqlarda Afg`oniston manbalariga tayanib, go`yoki 2022 yil 4 mayga o`tar kechasi O`zbekiston-Afg`oniston chegarasida otishma sodir bo`lgani, uning oqibatida O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari harbiy xizmatchilari halok bo`lgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi holat yuzasidan bayonot berdi.
Qayd etilishicha, tarqatilgan xabarlar haqiqatga to`g`ri kelmaydi.
"Chegarada vaziyat osoyishtaligicha qolmoqda, janubiy sarhadlarni qo`riqlash odatdagi tartibda olib borilayotir. Afg`oniston Muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihulla Mujohid ham turli internet nashrlarida paydo bo`lgan maqolalarni yolg`on va asossiz deb atadi",-deyiladi xabarda.






