Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 5 may kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-17, kunduzi 27-29 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 23-28 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 24-29 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, qisqa muddatli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.
Respublikamizning tog`oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`ib, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.






