AsosiyJamiyat

Farg`ona va Namanganga qo`shimcha parvozlar amalga oshiriladi

'Farg`ona va Namanganga qo`shimcha parvozlar amalga oshiriladi'ning rasmi

 Farg`ona vodiysida noqulay ob-havo sharoiti yuzaga kelganligi sababli hamda yo`lovchilarga harakatlanish uchun qulaylik yaratish maqsadida, faqat 2022 yil 5 may kuni “Uzbekistan Airways” AJ Farg`ona va Namanganga qo`shimcha qatnovlarni amalga oshiradi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qo`shimcha aviaqatnovlar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi (mahalliy vaqt bilan):  

HY-085 Toshkent – Farg`ona  15:00 / 16:00  

HY-086 Farg`ona – Toshkent 17:00 /  18:00

HY-095 Toshkent – Namangan 19:00 /  20:00

HY-096 Namangan – Toshkent 21:00 / 22:00

Aviachiptalarni 3% chegirma bilan aviakompaniyaning rasmiy sayti www.uzairways.com dan sotib olish mumkin.  

Shuningdek, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan ham chiptalarni xarid qilish imkoniyati mavjud.

Ma`lumot uchun telefon: +998 78 140 02 00

 

 

    Boshqa yangiliklar