Turkiyaning rangbarang tabiatini o`z ko`zi bilan ko`rishni istagan sayohatchilar uchun poezd sayohati erkin, tejamkor va qulay variant bo`lish bilan birga poezdlar, samolyotlarga qaraganda uglerod chiqindilarini ikki baravar kam sarflashi bilan ekologik jihatdan foydali sayohat hisoblanadi.
Poezd sayohatlarida Turkiyaning kichik va xushmanzara shaharlarini tomosha qilish xavfsizlik kamarlaridan holi o`laroq zavq bilan sayohat qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, poezdda – yo`lni tejabgina qolmay, tog` va daryo manzaralaridan bahramand bo`lgan holda qahva ham ichish mumkin.
Poezdda sayohat - bu Turkiyaninig o`zgacha go`zalliklarini kashf qilishning ajoyib usuli hisoblanadi.
So`nggi yillarda mamlakatdagi mavjud yo`nalishlar bo`yicha tezyurar poezdlar qatnovini rivojlantirishga katta miqdorda sarmoya kiritish orqali poezdda sayohat qiluvchilar uchun katta imkoniyatlar yaratilmoqda.
Poezdda sayohat, marshrut bo`ylab tabiiy go`zalliklar va yashil tabiatdan bahramand bo`lishni xohlaydigan sayohatchilar uchun unutilmas onlarni taqdim qiladi.
Turistik Sharq Ekspressi katta qiziqish uyg`otmoqda!
Sayohat qilish uchun dunyodagi eng yaxshi to`rtta poezd yo`nalishlaridan biri hisoblangan turistik Sharqiy E kspress sayohatchilarning katta e`tiborini o`ziga jalb qiladi.
Turkiyaning poytaxti Anqarani mamlakatning eng sharqidagi tarixiy Kars shahri bilan bog`laydigan mazkur turistik Sharq Ekspress poezdi safarlari har kuni yo`lga qo`yilgan bo`lib, ikki Shahar oralig`idagi masofaning uzunlugi 1365 kilometrni tashlik qiladi.
Anqara-Kars yo`nalishida turistik Sharq Ekspresi sayohati uchun Anqaradan jo`naydigan poezd navbat bilan Kayseri, Sivas, Erzinjon va Erzurumdan o`tib, Karsga etib boradi. Taxminan 1365 kilometrlik yo`lni 31 soatda bosib o`tadi.
Turistik Sharq Ekspresi Anqara-Kars yo`nalishida Erzinsanda ikki soat 20 daqiqa, Ilich va Erzurumda uch soat to`xtaydi. Kars-Anqara yo`nalishida esa, Divrig`ida ikki yarim soat va Bostankayada uch yarim soat to`xtab o`tadi.
Sayohatchilar bu to`xtalishlar davrida ushbu shaharlardagi diqqatga sazovor joylarni ko`zdan kechirishlari va maxalliy oshxona taomlaridan tanovvul qilishlari mumkin.
Uxlash va ovqatlanish vagonlaridan iborat Sharqiy Ekspress poezdi jami 9 ta vagon, jumladan 2 ta xizmat, 1 ta ovqatlanish va 6 ta yotoqli vagondan iborat bo`lib, jami 120 yo`lovchi oladi. Har bir kupeda faqat 2 kishi sayohat qilishi mumkin.
Kars-Ardaxon chegarasida joylashgan Childdir ko`li Sharqiy Turistik Ekspressning eng mashhur to`xtash joylaridan biridir. Qishda yo`lovchilar poezddan tushib, muz bilan qoplangan ko`lda sayr qilishi, otli chanalarda uchishi va muzli ko`lda Evroosiyo sazanlarini ovlayotgan baliqchilarni tomosha qilishi va ochiq osmon ostida sayr qilishlari mumkin.
Palando`kenda Turkiyaning eng uzun tog`-chang`i yo`li joylashgan bo`lib, bundan tashqari, kurort o`zining qorlari, tik qiyaliklari va uzun uchish-qo`nish yo`lagi bilan ham mashhur. Palando`kendagi qor mavsumining uzayishi esa yil davomida olti oy chang`ida uchish imkonini beradi.
Yo`lovchilar 2016 yilda YuNESKOning Jahon merosi ro`yxatiga kiritilgan Ani xarobalari ziyorati bilan g`ayrioddiy ekskursiyaga guvoh bo`lishlari mumkin. Shuningdek, Karsning geografik ko`rsatkichli mahsuloti bo`lmish asal, 207 turdagi qushni uchratish mumkin bo`lgan Kuyujak qushlar qo`riqxonasini hamda Turkiyaning birinchi va yagona pishloq muzeyi Bo`g`atepeni ham tomosha qilishlari mumkin.






